No icon

Leningradda yosh yigit o‘zbekistonlik fuqaroni unga tanbeh bergani sabab pichoqladi

Rossiyaning Leningrad viloyatida 28-iyun kuni bir yigit o‘zbekistonlik muhojirga bir necha bor pichoq urdi. Buning sababi esa u o‘z mopedida ketayotib, muhojirga piyodalar o‘tish joyida yo‘l bermagani uchun tanbeh eshitgani bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Voeqa Leskolovoda sodir bo‘lgan.

Yosh yigit migrantning orqasidan do‘konga kirgan, u yerda unga musht tushirgan, ammo qarshi zarba olgach, pichoqni olib, muhojirga bir necha marta pichoq bilan urgan. Shundan keyin g‘oyib bo‘lgan.

Kadrdan ko‘rinib turibdiki, dastlab musht bilan zarb berilgan, keyin esa sovuq qurol bilan. Yarador yiqilib qolmagan bo‘lsa ham, undan yerga ancha qon to‘kilgan.

Muhojir og‘ir holatda kasalxonaga keltirildi. Shifokorlarning urinishiga qaramay, shifoxonada jon bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, uning yuragiga zarba berilgan. Marhumning ismi Xamatullo Roziqov ekani aniqlandi.

29-iyun kuni Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Sankt-Peterburgda 15 yoshli maktab o‘quvchisini qo‘lga oldi. U 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga pichoq bilan hujum qilganlikda gumon qilinmoqda.

Фикрлар

Яндекс.Метрика